AsosiyJamiyat

Qirg`izistondagi YTHda 5 nafar O`zbekiston fuqarosi vafot etdi

'Qirg`izistondagi YTHda 5 nafar O`zbekiston fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

28 yanvar kuni, taxminan soat 21:00da «Osh-Batken-Isfana» (Qirg`iziston) avtomobil yo`lining 207 km.da yirik YTH sodir bo`ldi.

O`zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, ayanchli hodisa Qirg`izistondagi Batken viloyatining Batken tumani hududida sodir bo`lgan. «Nexia» rusumli avtomobil qarama-qarshi yo`lda harakatlanib kelayotgan «Mercedes-Benz Sprinter» rusumli furgon bilan to`qnashib ketgan.

YTH natijasida «Nexia» avtomobili haydovchisi hamda uning 4 nafar yo`lovchilari voqea joyida halok bo`lgan. Halok bo`lgan 5 nafar kishi O`zbekiston fuqarolari bo`lgan.

Vafot etgan fuqarolarning jasadlari Batken tumani shifoxonasi morgiga olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar