AsosiyJamiyat

MIB Jizzax shahrida 12 ta oilani yarashtirdi

'MIB Jizzax shahrida 12 ta oilani yarashtirdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo`limlarida aliment undirish bilan bog`liq masalalarni ijobiy hal etish maqsadida ishchi guruhlar tashkil etildi.

Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasiga 2018 yil davomida 7 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo`lib, uning 35 foizi yoki 2 600ga yaqinini aliment undirish masalalari bo`yicha ariza va shikoyat tashkil qiladi. Ushbu raqamlar shuni ko`rsatmoqdaki, aliment bilan bog`liq muammolar bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

Targ`ibot va profilaktika tadbirlarida qarzdorlarning aliment to`lovlarini o`z vaqtida to`lamasligi sabablari tahlil etilib, qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

dabbf2b0-c281-4a1b-a440-aeee90022e8c.jpg

Shuningdek, asosiy e`tibor mahalla faollari, jamoatchilik va boshqa mas`ul idora vakillari bilan oilalarni yarashtirish orqali ijro ishi yuritishni tamomlashga alohida e`tibor qaratilyapti.

Birgina, Jizzax shahar, “Olmazor” MFYda aliment to`lovchi qarzdorlar va undiruvchilar bilan individual suhbatlar o`tkazilishi natijasida hududdagi 12 ta oila yarashtirilishiga erishildi.

    Boshqa yangiliklar