O`zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamalak” bolalar tashkiloti navbatdagi “A`lo ta`til” loyihasiga start berdi.
Chorakni a`lo baholarga tugatgan 10-16 yoshdagi o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shu yilning 22-29 mart kunlari Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “A`lo ta`til” loyihasi bo`lib o`tadi.
Ta`til davomida mahoratli kasb egalari bilan uchrashuvlar, sayohatlar, “Chodirda bir kun” sarguzasht o`yinlari, sport musobaqalari, intellektual tanlovlar, ijodiy dasturlar tashkil etiladi. Loyihada respublikaning barcha hududidan yoshlar ishtirok etadi.
“A`lo ta`til” loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar +99899 842 10 47 telegram raqami orqali murojaat qilishlari mumkin. Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.
Eslatib o`tamiz, “A`lo ta`til” loyihasi ilk marotaba joriy yilning 3-10 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatining “Xalqaro yoshlar oromgohi”da tashkil etilgan edi.










