2018 yil 27 yanvar kuni noma`lum shaxs Mirzo Ulug`bek tumanida Olmazor tumanida yashovchi M.N.ismli ayolni aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, qo`lidan uzugini echib olib ketgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg`ona viloyati Toshloq tumani «Qo`rg`oncha» MFYda yashovchi 41 yoshli To`lqin Abduqodirov sodir etganligi aniqlanib, qidiruv e`lon qilingan. Tergov davom etmoqda.






