Shu yilning 24 yanvarida prokuratura xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. o`zi tomonidan shaharsozlik qoidalariga zid ravishda qurilgan turarjoyga oid kelib tushgan arizani ijobiy hal qilib berish evaziga Mirzo Ulug`bek tumani prokurori katta yordamchisiga 1000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






