Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar P.G. va G.P.lar o`zlarining 3 oylik o`g`il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga Mirzo Ulug`bek tumani, A.Yugnakiy mavzesida 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan P.G. va G.P.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






