AsosiyJamiyat

2034 yilgacha O`zbekistondagi barcha bolalarning 75 foizi ijtimoiy nafaqa olish imkoniyatiga ega bo`ladi

'2034 yilgacha O`zbekistondagi barcha bolalarning 75 foizi ijtimoiy nafaqa olish imkoniyatiga ega bo`ladi'ning rasmi

Mutaxassislar bolalarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari vakillari, shuningdek, xalqaro ekspertlar «O`zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini isloh qilishning dolzarb vazifalari» mavzusidagi strategik muloqotda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir «Yuksalish» umummilliy harakati va UNICEF tomonidan tashkil etildi.

O`zbekistonda yalpi ichki mahsulotning taxminan 9 foizi ijtimoiy himoyaga qaratilgan bo`lib, bu xalqaro amaliyotga muvofiq yaxshi ko`rsatkich hisoblanadi. Davlat byudjetining taxminan 60 foizi ijtimoiy xarajatlarga sarflanadi. Ushbu investisiyalar yanada samarali bo`lishi uchun ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish zarur.

Bolalar va yoshlar aholining qariyb 60 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, bolalar orasidagi kam ta`minlanganlik darajasi katta yoshdagilarga nisbatan yuqoridir. Bolali oilalarning faqat 17 foizi nafaqalar dasturiga kiritilgan. Moliyalashtirish etarli bo`lmagani tufayli mavjud dasturlarning ta`siri kichik bo`lib, umumiy kam ta`minlanganlik darajasini 8 foizga kamaytirdi. 15 yoshgacha bo`lgan bolalar orasidagi kam ta`minlanganlik darajasi yoshi kattalarga nisbatan 1,5 barobar yuqoridir.

Oilalardagi kam daromad bolalarning kelajakda munosib ish topishga imkon beradigan bilim va ko`nikmalarni egallashlariga yourdam beradigan muhitda o`sishlariga to`sqinlik qiladi. UNICEF va Jahon banki tadqiqotlari natijasiga ko`ra, eng kam ta`minlangan oilalardagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalariga borish imkoniyati o`ziga to`q oilalardagi bolalarga nisbatan 1,4 barobar kamdir.

«So`nggi ikki yil ichida hukumat bir qator islohotlarni amalga oshirishni boshladi. Iqtisodiy islohotlar ko`pincha oilalarning zaifligini kuchaytirishi mumkin bo`lgan xavflar bilan bog`liq bo`ladi,» - dedi UNICEF ning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. «Shuning uchun kuchli ijtimoiy himoya tizimi davom etayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo`lishi kerak,» - deb qo`shimcha qildi u.

Tadbir ishtirokchilari O`zbekistonda bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo`yicha turli tavsiyalarni ko`rib chiqdilar. UNICEF mavjud siyosatni isloh qilish variantini taklif qildi. Mazkur tavsiyalarning bajarilishi 2030 yilga borib bolalar nafaqalari ta`sirida umumiy kam ta`minlanganlik darajasini 8 foizdan 21 foizgacha kamaytirishi, shuningdek 2034 yilga borib 18 yoshgacha bo`lgan bolalarni nafaqalar bilan qamrab olish miqyosini qadamba-qadam kamida 75 foizga etkazish imkonini berishi mumkin.

UNICEF tavsiyalari hech kim chetda qolmasligi uchun barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda O`zbekiston Hukumatiga yordam berish uchun ishlab chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar