2019 yil 30 yanvar kuni Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanida yashovchi Q.J. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan rafiqasi N.J.ga qarata choynak otgan vaqtida choynak uning boshiga tegib jarohat olgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada ayol kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Q.J. qo`lga olindi.






