AsosiyJinoyat

Toshkentdagi qahvaxonada bezorilik qilgan shaxslar ikki oy o`tib qo`lga olindi​

'Toshkentdagi qahvaxonada bezorilik qilgan shaxslar ikki oy o`tib  qo`lga olindi​ 'ning rasmi

2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko`chasida joylashgan «Pablo» qahvaxonasi oldida noma`lum shaxslar bezorilik sabab, Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi M.X. va Buxoro shahrida yashovchi I.S.larni bosh va yuz qismlariga urib-tepib, M.X.ga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazib, voqea joyidan yashiringan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.X. va I.S.lar kasalxonaga yotqizilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar aniqlanib, qo`lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar