AsosiyJamiyat

Toshkentda Auto&Parts avtomobil sanoati ko`rgazmasi o`tkaziladi

12—14 noyabr kunlari Toshkentdagi «O`zekspomarkaz»da «Avtomobillar, butlovchi qismlar, servis uskunalari — Auto&Parts Uzbekistan» 10-Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Bu haqda ITE Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ko`rgazma Evropa, Osiyo va MDH davlatlaridagi avtomobil sanoati ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari, etkazib beruvchilari va iste`molchilari faol va o`zaro manfaatli hamkorlik uchun to`planadigan joydir.

Ko`rgazmada engil, yuk va maxsus avtomobillar, qishloq xo`jalik texnikasi, qo`riqlash tizimi va signalizasiya, interer — tizimlar va modullar, tyuning, aksessuarlar va boshqalar namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar