AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 122 nafar jismoniy shaxsning noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgani aniqlandi

'Surxondaryoda 122 nafar jismoniy shaxsning noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgani aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 122 nafar jismoniy shaxs davlat ro`yxatidan o`tmasdan noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Ularga tegishli bo`lgan 76 million 896 ming so`mlik mahsulotlar rasmiylashtirilib, vaqtinchalik saqlovga olindi.

Aniq misollarga murojaat etadigan bo`lsak, Sho`rchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro H.Sh. hech qanday hujjatlarsiz avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanayotganligi, ushbu tumandagi yana bir fuqaro Q.I. esa noqonuniy tarzda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini amalga oshirib kelayotganligi aniqlangan. Har ikki holat bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning 5 million 609 ming so`mlik mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik saqlovga olingan.

Olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tushuntirish ishlariga qaramay oramizda tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishni paysalga solayotgan shaxslar hali-hamon uchrab turibdi. Shuni unutmaslik kerakki, hech bir savol javobsiz bo`lmagani kabi noqonuniy xatti-harakatlar ham nazoratdan chetda qolmaydi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi.

    Boshqa yangiliklar