Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi boʻyicha qoʻshma reyd-tadbir oʻtkazdi. 30 yanvar 2019 yildan boshlangan tadbirning 7 kunida jami boʻlib undirilgan jarimalar miqdori 3 mlrd. 713 mln. 370 ming 355 soʻmni tashkil etmoqda. Bu bilan jami boʻlib 12.401 nafar qoidabuzarlar aniqlangan.
Shundan tahlillarga koʻra, Toshkent shaxar xaydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari boʻyicha 6.967 nafar yoki 2 milliard 116 million 697 ming 716 soʻm jarimalar undirildi. Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha poytaxtning 20 tamarkaziykoʻchalarida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida oʻrnatilgan avtomatik moslama yordamida 7 kunda 5.345 ta qoidabuzarlardan 1 milliard 797 million 744 ming 176 soʻm jarimalar undirilgan. Olib borilgan targʻibot tadbirlari natijasida esa 569 million 680 ming 082 soʻm jarimalar undirilgan bu bilan 2.276 ta qoidabuzarlar aniqlangan.
Shuningdek, 60 ta avtotransport vositalari esajarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasitomonidan qidiruvda boʻlgan 15 ta avtotransport vositasi ham aniqlandi.
Yoʻl harakati qoidalarini buzish oqibatidan kelib chiqqan huquqbuzarliklar uchun oʻz vaqtida eʼtiborsizlik oqibatida toʻlanmagan jarimalarendi shu tartibda majburiy uniriladi, aks holda avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qoʻyilishiga olib keladi.
Mazkur qoʻshma reyd-tadbir Toshkent shahrining barcha tumanlar koʻchalarida 10 kun davom etadi.