Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Moskva–Andijon” yo`nalishidagi halqaro qatnov poezdida yo`lovchilarning yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganida umumiy qiymati 182,3 million so`mlik sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni qonunga xilof ravishda olib o`tilishiga chek qo`yildi.
Jumladan, poezd yo`lovchilari L.Q.va B.B.lar umumiy qiymati 130,5 million so`mlik 2630 quti elektron sigaretlarni vagon kupelarining isitish moslamalari orasida yashirib olib kelayotganligi fosh etildi.
Yana bir holatda, yo`lovchi N.N. umumiy qiymati 51,8 million so`mlik 8 turdagi parfyumeriya va dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib mamlakatimizga olib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.
Yuqoridagi holatlar bo`yicha tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik ashyosi tariqasida olib qo`yilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






