O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent kichik halqa yo`lida tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda fuqaro S.S. fuqaro S.X.ga jami 10 ming AQSh dollarini har bir dollarni 8,5 ming so`mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga uning plastik kartasidan 100 million so`m mablag`ni echib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda






