Filialga yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta`minlashga qaratilgan o`quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasi qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida bu borada atroflicha bayon etildi.
Mazkur hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etiladigan bo`ldi.
Filialga yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta`minlashga qaratilgan o`quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasi qo`yildi.
Shuningdek, bu erda nazariy tayyorgarlikning huquqni qo`llash faoliyati bilan uzviy bog`liqligini ta`minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llagan holda o`quv jarayonini ta`lim berishning modul tizimi asosida tashkil etiladi. Ta`lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish ishlariga alohida e`tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, yangi filial yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta`lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o`zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtiradi.
Qarorda belgilanganidek, filialga O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi. Filial direktori mehnatga haq to`lash, moddiy rag`batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko`rsatish shart-sharoitlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri o`rinbosariga, direktor o`rinbosarlari esa – Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.
Filialda o`qitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladigan bo`ldi. Bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo`yicha esa – har olti oyda 50 kishini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan alohida shaxslarni yuridik kadrlarni tayyorlash dasturlari bo`yicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari Filialda o`qitish uchun to`lovni amalga oshirish huquqi beriladi.
Shuningdek, filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o`tmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo`ladi.






