2019 yil 7 fevral kuni soat 14:10da Farg`ona viloyatining Quva tumani Sanoatchilar MFYda yashagan M.Q.ning uyida yong`in sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.
Oqibatda uyining 40 kv.m maydoni yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida M.Q.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong`in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.






