AsosiyJinoyat

Toshkentda Cobalt yukxonasidan mobil telefonlar o`g`irlab ketildi

'Toshkentda Cobalt yukxonasidan mobil telefonlar o`g`irlab ketildi'ning rasmi

2019 yil 10 yanvar kuni soat 20:30dan 23:30gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar Toshkent shahrining Chilonzor tumani Muqimiy ko`chasida joylashgan “Chimkent” kafesi oldida qarovsiz qoldirilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi S.M.ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina yukxonasidan umumiy qiymati 29 800 000 so`mlik turli xildagi mobil telefonlarni o`g`irlab ketgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Boburshoh ko`chasida yashovchi J.A. va Namangan shahar Navoiy 5-berk ko`chasida yashovchi N.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar