AsosiyJamiyat

Evropa top-5 chempionatlaridagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar

'Evropa top-5 chempionatlaridagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar 'ning rasmi

Fransiyaning LʼÉquipe gazetasi Evropa top-5 chempionatlaridagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar ro`yxatini taqdim etdi.

Unga ko`ra, eng ko`p oylik maoshni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi oladi. Argentinalikning maoshi soliqlar bilan qo`shib hisoblaganda 8,3 million evroni tashkil etadi.

Ikkinchi o`rinda esa “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu bormoqda. Ronaldu har oy 4,7 million evro oladi. Uchinchi o`rinda borayotgan Antuan Grizmannga “Atletiko” oyiga 3,3 million evro miqdorida pul to`laydi.

Evropada eng ko`p haq to`lanadigan Top-10 futbolchi

1. Lionel Messi (“Barselona”) – 8,3 mln evro (oyiga);

2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 4,7;

3. Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 3,3;

4. Neymar (PSJ) – 3,06;

5. Luis Suares (“Barselona”) – 2,9;

6. Garet Beyl (“Real”) – 2,5;

7. Filippe Koutino (“Barselona”) – 2,3;

8. Aleksis Sanches (“Manchester Yunayted”) – 2,28;

9. Kilian Mbappe (PSJ) – 1,73;

10. Mesut Ozil (“Arsenal”) – 1,6.

    Boshqa yangiliklar