1

Surxondaryoda 8 kunlik chaqalog`ini sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 09.02.2019, 19:46
Surxondaryoda 8 kunlik chaqalog`ini sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Departamentning Jarqo`rg`on tuman bo`limi xodimlari va tuman IIB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda, Farg`ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi fuqaro D.B. o`zining shaxsini yashirib, fuqaro M.ga tegishli pasport nusxasi bilan joriy yilning 26 yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida tug`ruqxonaga joylashib, shu kuni qiz farzandli bo`lib, 03.02.2019 yilda qiz farzandini fuqaro S.ga 3,5 mln. so`mga sotib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1