AsosiyJamiyat

Boks bo`yicha xalqaro musobaqada ishtirok etuvchi harbiy xizmatchilar ma`lum bo`ldi

'Boks bo`yicha xalqaro musobaqada ishtirok etuvchi harbiy xizmatchilar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi Ma`naviyat va ma`rifat markazida harbiy xizmatchilar o`rtasida shu yilning may oyida Qozog`iston Respublikasida o`tkaziladigan boks bo`yicha xalqaro turnir saralash bellashuvlariga start berilgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu musobaqada Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 11 jamoa 6 vazn toifasi bo`yicha bellashdilar. Qizg`in bahslardan so`ng nihoyat g`oliblar ma`lum bo`ldi.

photo_2019-02-09_19-35-42.jpg

Unga ko`ra, yakkalik bahslarida 63 kg vaznda birinchilikni Toshkent harbiy okrugi vakili Olim Husanboev qo`lga kiritgan bo`lsa, 69 kg vazn toifasida 1-o`rin Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Jahongir Amonovga nasib qildi.

75 kg vaznda Toshkent harbiy okrugi sportchisi Islombek Mo`minov g`oliblikka erishgan bo`lsa, 81 kg vazn toifasida ham birinchilikka shu harbiy okrug vakili G`iyos Pozilov sazovor bo`ldi.

photo_2019-02-09_19-35-52.jpg

91 kg vazn toifasida esa g`alaba Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugidan kelgan sportchi Mirali Boymirzaevga nasib qildi, 91 kgdan yuqori vazn toifasida g`alabani Toshkent harbiy okrugi sportchisi Sergey Qurbonov qo`lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida 1-o`rin Toshkent harbiy okrugi, 2-o`rin Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi, 3-o`rin Qurolli Kuchlar akademiyasiga nasib qildi. Endi ular shu yilning may oyida Qozog`istonda bo`ladigan yuzdan ortiq harbiy sportchilar ishtirok etishi ko`zda tutilayotgan xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

photo_2019-02-09_19-35-55.jpg

    Boshqa yangiliklar