1

Talabadan 600 ming so`m olgan dekan o`rinbosari qo`lga tushdi

Jinoyat 09.02.2019, 22:51
Talabadan 600 ming so`m olgan dekan o`rinbosari qo`lga tushdi

Toshkent davlat agrar universiteti dekani o`rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uning yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so`m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabadan imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 million so`m mablag`ni ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1