1

Urganchda tanish ayolning farzandini sotayotgan hamshira qo`lga olindi

Jinoyat 11.02.2019, 13:42
Urganchda tanish ayolning farzandini sotayotgan hamshira qo`lga olindi

2019 yil 6 fevral kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Urganch tumani Bekobod qishlog`i Qo`ng`irot mahallasida yashovchi, Xorazm viloyati perinatal markazi hamshirasi N.Yu. (ismli ayol) Yangi Urganch ko`chasida, tanishi Sh.V. (ismli ayol)ning shu yil 21 yanvarda tug`ilgan o`g`lini L.B. (ismli ayol)ga 1 700 000 so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1