1

Chinozdagi xonadondan 4 ming dollarni o`g`irlab ketgan uch shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 11.02.2019, 15:47
Chinozdagi xonadondan 4 ming dollarni o`g`irlab ketgan uch shaxs qo`lga tushdi

2019 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi B.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 fevral kuni soat 10:00 dan 11:10 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 600 000 so`m puli va 4 000 AQSh dollarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumani Qizg`aldoq mahallasida yashovchi B.B., Chinoz tumani Xo`ja mahallasida yashovchi A.J. va Zangiota tumani Ittifoq mahallasida yashovchi M.X. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1