1

Qozog`istondagi qabristonda o`zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Jamiyat 11.02.2019, 17:24
Qozog`istondagi qabristonda o`zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Atirau viloyati ichki ishlar departamenti boshlig`i Ayan Duysembaev mikrorayonlardan birida ayol kishining jasadi topilganligini ma`lum qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, ushbu ayol O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.

“Qotillikda gumon qilingan shaxs qo`lga olingan. Tergov sababli boshqa ma`lumot oshkor etilmayapti”, - deb ta`kiladi Duysenbaev.

Hokimiyat vakillari bilan aholi bilan yig`ilishi o`tkazildi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi shaxslardan birining so`zlarga ko`ra, voqea sodir bo`lgandan keyin aholi ko`chaga chiqishga ko`rqib qolgan.

26 yanvar kuni qabriston hududida ko`rpaga o`ralgan ayolning jasadi topildi. Ayolning ko`krak qafasi qismiga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1