1

​Surxondaryoda bojxonachilarga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 12.02.2019, 20:14
​Surxondaryoda bojxonachilarga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Ayrim shaxslar tomonidan o`zlarining qing`ir qilmishlarini xaspo`shlash va javobgarlikdan qochish maqsadida davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga pora berishga urinish holatlari hamon sodir etilmoqda.

Yaqinda, fuqaro J.F. respublikamizga xorijiy avtotransport vositasi hisoblangan “Lasetti” avtomashinasini olib kirar ekan, bu jarayonda mamlakatimiz hududidan qayta olib chiqib ketish majburiyatini zimmasiga oladi. Lekin, bu majburiyatni bir zumda unutib, ushbu avtomashinani ehtiyot qismlarga bo`laklagan holda 1700 AQSh dollariga sotib yuboradi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan bir necha yillar muqaddam yonib ketgan boshqa bir “Lasetti” kuzovini ko`rsatgan holda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ushbu avtomashinaning go`yoki yong`in oqibatida butunlay yonib ketganiga ishontirishga urinadi. Ushbu holatni “bosdi-bosdi” qilish uchun bojxona xodimiga 400 AQSh dollari pora taklif qiladi.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs bojxona xodimiga taklif qilingan poraning 300 AQSh dollarini berayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyatiboshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1