Kecha, 11 fevral kuni soat taxminan 13.10 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fojea yuz berdi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
35 yoshli hamshira O. T. "Semashko" nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy markazida derazalarni yuvmoqchi bo`lgan. Biroq ehtiyotsizlik tufayli u 3-qavatdan tushib ketib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o`lim sabablari o`rganilmoqda.






