AsosiyJamiyat

​Poytaxtda 10 kunda jami 20 158 qarzdordan 6 mlrd. dan oshiq jarima undirildi

'​Poytaxtda 10 kunda jami 20 158 qarzdordan 6 mlrd. dan oshiq jarima undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo`yicha qo`shma reyd-tadbir o`tkazilgani haqida xabar bergan edik. Mutaxassislar ma`lumotiga ko`ra, 10 kunlik o`tkazilgan qo`shma tadbirda jami bo`lib undirilgan jarimalar miqdori 6 mlrd. 033 mln. 688 ming 070 so`mni tashkil etmoqda. Bu bilan jami bo`lib 20.158 nafar qoidabuzarlar aniqlangan.

Hamidulla ABDUALIEV, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

—Tahlillarga ko`ra, Toshkent shahar haydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari bo`yicha 10.561 nafar yoki 3 milliard 060 million 958 ming 402 so`m jarimalar undirildi. Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo`yicha poytaxtning 20 ta markaziy ko`chalarida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o`rnatilgan avtomatik moslama yordamida 10 kunda 7.916 ta qoidabuzarlardan 2 milliard 694 million 641 ming 406 so`m jarimalar undirilgan. Olib borilgan targ`ibot tadbirlari natijasida esa 1 mlrd. 070 million 450 ming 096 so`m jarimalar undirilgan bu bilan 3.841 ta qoidabuzarlar aniqlangan.

Shuningdek, 53 ta avtotransport vositalari esajarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasitomonidan qidiruvda bo`lgan 14 ta avtotransport vositasi ham aniqlandi.

Yo`l harakati qoidalarini buzish oqibatidan kelib chiqqan huquqbuzarliklar uchun o`z vaqtida e`tiborsizlik oqibatida to`lanmagan jarimalarendi shu tartibda majburiy undiriladi, aks holda avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo`yilishiga olib keladi.

2019 yil 11 fevraldan boshlab qo`shma reydning 2-o`n kunligiga start berildi. Reyd davom etadi.

    Boshqa yangiliklar