AsosiyJamiyat

Yuk poezdi vagonining xufiya joyidan giyohvandlik moddasi topildi

'Yuk poezdi vagonining xufiya joyidan giyohvandlik moddasi topildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlariga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Xususan, “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yuk poezdi vagonining xufiya joyiga berkitilgan, sof og`irligi 187 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligini aniqlab, to`xtatib qolishdi.

Yana bir holatda esa mazkur post orqali kirib kelgan fuqaro A.N hech qanday hujjatlarsiz, deklarasiyalanmagan hamda bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan, tarkibida narkotik moddalari bo`lgan 10 dona “Tramadol Tablets 100” nomli tabletkalarni yashirincha olib kirayotgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar