AsosiyJinoyat

Toshkentda ayolning qulog`idagi ziraklarni yulib qochgan yigit qo`lga olindi

'Toshkentda ayolning qulog`idagi ziraklarni yulib qochgan yigit qo`lga olindi'ning rasmi

2019 yil 12 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi N.S. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 21 yanvar kuni noma`lum shaxs Turon mahallasida joylashgan o`rta maktab oldida qulog`idagi bir juft ziraklarini yulib olib, voqea joyidan qochib ketganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yashnobod tumani Botkin ko`chasida yashovchi, muqaddam sudlangan S.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar