AsosiyJinoyat

​Navoiydagi sport klubida o`g`irlik sodir etgan shaxs ushlandi

'​Navoiydagi sport klubida o`g`irlik sodir etgan shaxs ushlandi'ning rasmi

2019 yil 10 fevral kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi T.M. Navoiy shahar IIBga murojaat qilib, shu kuni noma`lum shaxs Navoiy shahrida joylashgan “Marvarid” nomli sport klubining kiyim almashtirish xonasidan unga tegishli, ichida shaxsini tasdiqlovchi hujjat va pullari bo`lgan hamyonini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navbahor tumani “Qiziloy” MFYda yashovchi T.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar