AsosiyJinoyat

Kattaqo`rg`onlik ​firibgar ayol qo`lga olindi

'Kattaqo`rg`onlik ​firibgar ayol qo`lga olindi'ning rasmi

2018 yil 20 may kuni Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil 17 may kuni noma`lum ayol Feruza dahasidagi poyafzal ta`mirlash ustaxonasida fuqaro S.Z.(ismli ayol)ni aldash yo`li bilan undan 1 200 000 so`m pulini olib, garov sifatida 5 turdagi sariq metalldan yasalgan buyumlarini qoldirib, voqea joyidan yashiringanligi ko`rsatilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi S.S.(ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar