Joriy yilning 11 fevral kuni vaqtincha Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 27 yoshli S.B.(ismli ayol) mast holda uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i, 56 yoshli A.S.ga pichoq bilan jarohat etkazgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada er kasalxonaga yotqizilib, ayol ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






