AsosiyJamiyat

"Xotin-qizlar sport haftaligi"ning ilk kunlarida 200 mingga yaqin ayol ishtirok etdi

'"Xotin-qizlar sport haftaligi"ning ilk kunlarida 200 mingga yaqin ayol ishtirok etdi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan 2019 yil 11-16 fevral kunlari “Xotin-qizlar sport haftaligi”deb e`lon qilindi.

Mazkur sport haftaligi doirasida joriy yilning 11-13 fevral kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari hamda sportning o`yin turlari (futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka, gimnastika) bo`yicha tadbirlar o`tkazildi.

Haftalik doirasida faol bo`lmagan, sport bilan shug`ullanmaydigan hamda uyushmagan xotin-qizlar qamrab olinadi. Jumladan, 11-13 feral kunlari O`zbekiston Respublikasi bo`yicha o`tkazilgan 1 210 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 200 ming nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.

Haftalik doirasida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar ishtirokida ham tadbirlar o`tkazilib, unda 110 nafar xizmatchi ayollar qamrab olindi.

"Sport haftaligi 16 fevral kuniga qadar davom etadi. Barchangizni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!", - deyilga qo`mita xabarida.

    Boshqa yangiliklar