AsosiyJinoyat

Ohangaronda qo`ylarni o`g`irlagan kollej o`quvchilari ushlandi

'Ohangaronda qo`ylarni o`g`irlagan kollej o`quvchilari ushlandi'ning rasmi

2019 yil 8 fevral kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi Y.I. IIBga murojaat qilib, noma`lum shaxslar qo`yxonasidan 4 bosh qo`ylarini o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qidiruvlar natijasida ushbu jinoyatni Ohangaron agro iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o`quvchisi X.X. va Toshkent yuridik kolleji o`quvchisi M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar