1

Quvada maktab qozonxonasini 15 ming dollarga pullamoqchi bo`lganlar ushlandi

Jinoyat 15.02.2019, 09:49
  Quvada maktab qozonxonasini 15 ming dollarga pullamoqchi bo`lganlar ushlandi

Maktabga tegishli bo`lgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona viloyat boshqarmasi hamda Quva tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda maktabga tegishli bo`lgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi.

Quva tumanidagi "Issiqlik manbai" mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi R.S tadbirkorlik faoliyatini yuritib, poyabzal ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan M.T ga 60-umumta`lim maktabi hududidagi, uning balansida bo`lgan qozonxonani rasmiylashtirib berishni va`da qildi.

U o`ziga tegishli choyxonada arizachidan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan R.S ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1