1

Xashaklar orasiga 240 dona gaz hisoblagich yashirilgani aniqlandi

Jinoyat 15.02.2019, 10:14
Xashaklar orasiga 240 dona gaz hisoblagich yashirilgani aniqlandi

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari "Avval-Farg`ona" yo`nalishida tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro X.S.ga tegishli "Labo" rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomobil yukxonasiga go`yo xashaklar ortilgandek qilib joylangan, biroq hashak o`rnida umumiy qiymati 120 million so`mlik hech qanday hujjatlari bo`lmagan 240 dona gaz hisoblagichlarni ortib olganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1