Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda chegara bojxona postlari yaqinida joylashgan xonadonlarda muntazam targ`ibot-tashviqot tadbirlari o`tkazishiga qaramay, mavjud tartiblarni buzishga xarakat qilayotgan fuqarolar uchrab turibdi. Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda respublika bojxona qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Tadbir davomida fuqaro M.F. ga tegishli Spark rusumli avtoulov xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxsning avtoulovi ichiga joylashtirilgan sumka va paketlar ichidan hech qanday hujjatlari bo`lmagan, qiymati 6,2 million so`mlik turli tovar-moddiy boyliklarini qayta sotish maqsadida to`plab turgan vaqtida qo`lga olindi.






