AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyatining Toshloq tumanida endi chiroq o`chmaydi

«Elektr ta`minotida uzilish bo`lmaydi», – deyiladi O`zbekiston Milliy axborot agentligining 11 noyabr kuni e`lon qilingan axborotida. Agentlikning qayd etishicha, «Farg`ona elektr tarmoqlari hududiy korxonasi» tizimida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, iste`molchilarning ortib borayotgan ehtiyojini to`liq ta`minlash maqsadida rekonstruksiya va modernizasiyalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Toshloq tumani elektr tarmoqlari korxonasi 1,3 ming ulgurji iste`molchi va 28 ming aholiga xizmat ko`rsatadi. Korxona rahbari Ravshan Madrahimovning aytishicha, elektr ta`minoti bo`yicha qish mavsumida muammolar yuzaga kelmasligi uchun belgilangan chora-tadbirlar yakuniga etkazilgan.

134 kilometrdan ortiq elektr liniyasi hamda 34 transformator mukammal ta`mirdan chiqarilgan, barcha elektr podstansiyalari joriy ta`mirlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar