1

Nurobodlik "hojatbaror" "Toshkent Sity"ga ishga kiritishni va`da qilib, fuqarolardan pul olgani ma`lum bo`ldi

Jinoyat 15.08.2019, 18:27
Nurobodlik "hojatbaror" "Toshkent Sity"ga ishga kiritishni va`da qilib, fuqarolardan pul olgani ma`lum bo`ldi

Sh.A, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida 100 ga yaqin fuqarolarni Toshkent shahrida qurilayotgan “Toshkent Sity”ga ishga kiritib qo`yishni, mahallasidan ma`lumotnoma, mehnat daftarchasi, harbiy guvohnomasi nusxasi, ikki dona fuqarolik pasporti nusxalari, olti dona 3x4 hajmli fotosurat, INN, 086-sonli tibbiy ma`lumotnoma taqdim etishligini aytib ishonchiga kirib, oylik maoshi 700-900 AQSh dollari ekanligini, sug`urta uchun 400.000-450.000 so`m pul to`lash kerakligini aytib aldab, jami 40.300.000 so`mga teng bo`lgan mulkini takroran aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Sh.A.ga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Nurobod tuman sudida ko`rib chiqilib, 2019 yil 17 iyul kungi sud hukmiga ko`ra, Sh.A O`zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan aybdor deb topilib, jabrlanuvchilarga nisbatan etkazilgan 40.300.000 so`m zarar Sh.A.ning qarindoshlari tomonidan to`liq qoplanganligi, jabrlanuvchilarning unga nisbatan da`vosi yo`qligi hamda O`zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 5-qismiga asoslanib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlangan.

N.Rayimov, Jinoyat ishlari bo`yicha Nurobod tuman sudining raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1