Bankdan kredit olishda yordam berishni va`da qilib pul ta`ma qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qilmoqda.
Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan «L.M.S» MChJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unga o`kr, F.R» MChJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB «Ipotekabank»ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 mln. evro miqdoridagi kredit mablag`lari ajratilishida amaliy yordam berishni va`da qilgan. MChJ rahbari ushbu xizmati evaziga 30 ming AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.