Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmasligi holatlari uchrab turmoqda, deya xabar qilmoqda DXX.
Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o`tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan yana bir guruhi qo`lga olindi.
Ular taqdim etgan Malayziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma`lum bo`ldi. Tegishli organ vakillari tomonidan o`tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.











