2019 yil 30 noyabr kuni soat 21:00dan 01 dekabr kuni soat 07:00ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar uchta “Neksiya” rusumli avtomoshinaning yukxonasini o`zi bilan olib kelgan moslama yordamida ochib, uchala avtomashinadan ham har birining bahosi 470.000 so`mlik 3 dona qo`shimcha g`ildiraklarini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.
Avtomashinalar Buxoro shahar B.Naqshband ko`chasida joylashgan RShTYoIMning Buxoro filiali avtoturargohida turgan bo`lgan. Ular Buxoro filiali shifokorlari Buxoro shahrida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan M.A, Kogon tumanida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan N.G` va Kogon tumanida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan F.B.larga tegishli bo`lgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Muborak ko`chasida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan B.A, Kogon tuman Geofizika MFYda yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan J.Yu va Buxoro shahar Tagmanbafon ko`chasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.R.lar o`zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib sodir qilganligi aniqlangan, avtomoshina shinalari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.