AsosiyJamiyat

Aziz Abduhakimov: “Amirsoy” kurortining ijtimoiy ahamiyati juda katta”

'Aziz Abduhakimov: “Amirsoy” kurortining ijtimoiy ahamiyati juda katta”'ning rasmi

21 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida “Amirsoy” tog`-chang`i kurortining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tgani haqida avvalroq xabar bergandik. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov tadbirda mazkur ob`ektning ijtimoiy ahamiyati xususida so`zladi.

“Amirsoy”ning ijtimoiy ahamiyati juda katta. Majmua atrofdagi mahalliy aholiga ko`plab yangi ish joylari yaratish, daromad olish imkonini yaratadi. Biz mahalliy aholiga oilaviy uylarni tashkillashtirish orqali tadbirkorlikni yo`lga qo`yishlari bo`yicha tavsiyalar beramiz. Aytish joizki, 50-60 yillar avval Fransiyadagi mashhur Shamoniga o`xshash kurortlari hududlari ham mutlaqo rivojlanmagan bo`lgan, bugun esa ushbu kurort Fransiyaning eng rivojlangan va boy hududi sanaladi. Bu kabi majmualarning tashkil etilishi aholi daromadlarini ko`tarilishiga xizmat qiladi. Ko`plab xizmat ko`rsatish va transport xizmatlarini tashkil etish orqali esa iqtisodiyotimizga ta`sir ko`rsatadi”.

Ta`kidlash joizki, “Amirsoy” loyihasi bo`yicha 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng ko`lamli qurilish ishlari olib borilib, u 580 o`ringa mo`ljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish o`rni yaratilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar