Angor tumani Ichki ishlar bo`limining Navbatchilik qisimga 2020 yil 01 yanvar kuni, soat 08.00 da, Angor tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi profilaktika inspektori tomonidan jinoyat almatlari mavjud bo`lgan xabar kelib tushgan, deya xabar qildi IIV.
Xabarga ko`ra, shu kuni soat 08.00 da, tumanning “Qorasuv” mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1425 km. da, “Termiz-Sherobod” yo`nalishining o`ng obochina qismida, “Qorasuv” mahallasida yashagan D.A.ni noma`lum avtomashina urib yuborib voqea joyidan qochib ketganligi, natijada A.Doniyorov “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etganligini ma`lum qiladi.
Shundan keyin tezkorlik bilan “viloyat bo`yicha To`sib ushlash” rejasi amalga kiritilib, ko`rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni, Qiziriq tumanida yashovchi, Sh.B. o`zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi bilan sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan 01 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.