AsosiyJamiyat

Deputatlar Shavkat Mirziyoevga unvon berishni taklif qildi. “Xalq menga eng katta unvonni berib bo`lgan” — javob berdi davlat rahbari

'Deputatlar Shavkat Mirziyoevga unvon berishni taklif qildi. “Xalq menga eng katta unvonni berib bo`lgan” — javob berdi davlat rahbari'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitildi.

Deputatlar so`zga chiqdi.

Tadbirda Davlat rahbari deputatalardan: "Tayyorgarliksiz biror takliflar bo`lsa aytinglar, bo`lmasa xozir spiker yig`ilishni yopadi, keling, hech qanday rasmiy nutqsiz o`tirgan o`rningizdan erkin muloqot qilamiz, menga qanday taklif yoki savollaringiz bor?" — deya taklif bildirdi. 

Deputatlar Shavkat Mirziyoevning so`ngi uch yilda qilgan ishlari va islohotlariga alohida urg`u berib, agar lozim topilsa davlat rahbariga alohida bir unvon berilishini taklif qildilar. Prezident ushbu taklifga javoban:

"Xalq menga eng katta unvonni berib bo`lgan, shuning o`zi menga etarli. Zero, bu unvon uncha-buncha insonga nasib etmaydigan unvondir", — deya taklif uchun rahmat aytdi. 

    Boshqa yangiliklar