1

Dizaynerni 23 yoshli yigit o`ldirib, keyin yoqib yuborgan. Nariman Grigoryanning o`limi tafsilotlari ma`lum bo`ldi

Jinoyat 20.01.2020, 20:21
Dizaynerni 23 yoshli yigit o`ldirib, keyin yoqib yuborgan. Nariman Grigoryanning o`limi tafsilotlari ma`lum bo`ldi

Xabaringiz bor, 2020 yil 14 yanvar kuni  taxminan soat 12:05 larda Toshkent shahar, Yashnobod  tumani, Chigil ko`chasi 42a-uy, 7-xonadonda 2018 yil taxminan may oyidan buyon mazkur xonadonda yashab kelgan 08.08.1985 yilda tug`ilgan Alimdjanov Nariman Fevzievich (Nariman Grigoryan)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 14.01.2020 yilda Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan edi. 

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur qotillik jinoyati marhumning tanishi 1996 yilda tug`ilgan A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Ayblanuvchi tariqasida so`roq qilingan A.A. o`z ko`rsatuvlarida N.Alimdjanovni qasddan o`ldirganini ma`lum qilgan.

Unga ko`ra, qotil pul mablag`lariga egalik qilish maqsadida 2020 yil 13 yanvar kuni taxminan soat 09:00 larda o`z rejasini amalga oshirish uchun 1 litr hajmdagi baklashkada benzin va pichoq bilan oldindan qurollanib uyidan chiqadi.

N.Alimdjanovga qo`ng`iroq qilib, uning uyiga boradi.  Xonadonga kirishi bilan olib kelgan pichog`i yordamida N.Alimdjanovni qasddan o`ldirib, xonadonida bo`lgan 625 AQSh dollari, 2 dona «Iphone» rusumli telefon, 1 dona «IQOS» elektron sigareta chekish moslamasi, 1 dona «Airpods» quloqchini (naushnik), N.Alimdjanovga tegishli bo`lgan «Captiva» rusumli avtomashina kaliti va mazkur xonadonda bo`lgan, N.Alimdjanovga tan jarohatlari etkazgan 2 dona pichoqlarni o`zi bilan olgan.

Jinoyat ishlarini yashirish maqsadida esa xonadon va N.Alimdjanovning murdasiga o`zi bilan olib kelgan benzin yoqilg`isini sepib, o`t qo`yadi va xonadonga kirish eshigini qulflab chiqib ketadi. 

Shuningdek, ayblauvchi 2 dona «Iphone» rusumli telefon, «Captiva» rusumli avtomashina kaliti va 2 dona pichoqlarni hodisa sodir bo`lgan «Chigil» ko`chasidan oqib o`tuvchi «Qorasu» kanaliga tashlab yuborganligini, 225 AQSh dollarini so`mga ayirboshlab, bir qismini o`zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligini iqrorlik bildirib, ma`lum qilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha hodisa joyi ko`zdan kechirilib, «Chigil» ko`chasidan oqib o`tuvchi «Qorasu» kanalidan 2 dona pichoq, A.A.ning yonidan 400 AQSh dollari va 1.060.000 ming so`m pul mablag`lari, 1 dona «IQOS» elektron sigareta chekish moslamasi va 1 dona «Airpods» quloqchini (naushnik)lar ashyoviy dalil tariqasida olingan.     

Dastlabki tergov harakatlari davomida sud tibbiy va daktiloskopiya ekspertizalari tayinlanib, ayblanuvchi A.A.ning ko`rsatuvlarini hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish tergov harakatlari o`tkazilib, 2020 yil 17 yanvar kuni  A.A.ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llangan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1