Chiroqchida mol o`g`riligida gumon qilingan erkak IIB xodimlari kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida avval xabar bergan edik. Shuningdek bu xodimlarga nisbatan jinoiy ish ochilgani ham aytib o`tilgandi.
Ushbu holatda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22 yanvar, chorshanba kuni yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan. 23 yanvar, payshanba kuni esa IIBdan uning murdasi chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 23 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan O`zR JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan 2020 yil 30 yanvar (payshanba) kuni soat 12:00 da Qashqadaryo viloyati IIB binosida keng muhokamaga sabab bo`layotgan mazkur holat yuzasidan brifing o`tkazilishi belgilangan. Tadbirga barcha OAV vakillari va blogerlar taklif etilmoqda. Mazkur matbuot anjumanida taqdim etilgan ma`lumotlar haqida ertaga brifing vaqtida onlayn axborot beramiz. Bizni kuzatib boring.






