AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus bilan xastalanganlarning 7 nafarining ahvoli og`ir

'O`zbekistonda koronavirus bilan xastalanganlarning 7 nafarining ahvoli og`ir'ning rasmi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bergan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. 4 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og`ir, deb baholanmoqda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 35 bemordan 1 nafarining ahvoli o`rtacha og`irlikda, 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir, deb baholanyapti.  

Ahvoli og`ir va o`ta og`ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o`tkazilgan.

Dunyo hamjamiyatida koronavirus kasalligi bo`yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov har birimizni karantin tadbirlariga to`liq rioya qilishga, ortiqcha muloqotdan cheklanishga, uyda qolishga chorlamoqda. 

Mutaxassis epidemik vaziyatni jilovlash uchun  kasallikni bir odamdan ikkinchi odamga yuqishiga yo`l qo`ymaslik kerakligini, aks holda, vaziyat murakkablashib ketishi mumkinligini aytmoqda.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarni tashkil etgan edi.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 19 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, biroq  farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar