AsosiyJINOYAT

“Enerjisavdo” yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'“Enerjisavdo” yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Hududiy elektr tarmoqlari AJning "Energosavdo" filiali Andijon bo'linmasi yetakchi yuristkonsulti qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi MChJga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko'ra, elektr energiyasidan noto'g'ri foydalanish bo'yicha hisoblangan 788,4 mln so'mlik moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Joriy yilning 1 may kuni u so'ralgan mablag'dan 500 AQSh dollarini olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda DXXning 1520 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilib xabar berish tavsiya etildi. Shaxs sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar