AsosiyJamiyat

Sud “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi qarori ustidan qilgan shikoyati bo`yicha o`z ishini boshladi

'Sud “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi qarori ustidan qilgan shikoyati  bo`yicha o`z ishini boshladi'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ishni 19 avgust kuni ko`rib chiqilgan edi.

Qo`zg`atilgan ishning ko`rib chiqilishida kompaniyadan biror vakil qatnashmagach,  ish oxirida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining maxsus komissiyasi “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so`mgacha tushirishi kerakligi to`g`risida qaror qabul qilgandi.

Shundan so`ng "UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma`muriy sudiga shikoyat kiritgan edi

Oliy sud  Axborot xizmati 2 oktyabr kuni Toshkent shahar ma`muriy sudida “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasining ishiga oid qarorini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlanganini xabar berdi.

Ushbu ma`muriy ish sudya G`. Davlatov raisligida ko`rilmoqda. Shuningdek, arizachi - “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati vakili tomonidan sudga sud majlisini yopiq tarzda o`tkazish to`g`risidagi iltimosnoma kiritgan. Mazkur iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri so`ralganidan so`ng, sud o`z o`rnida ajrim qilib, mazkur iltimosnoma ishni ko`rish jarayonida taraflar tomonidan davlat siri bilan bog`liq maxfiylashtirilishi lozim bo`lgan hujjatlar sud muhokamasida ko`rilishi uchun taqdim etilganidan so`nggina muhokama qilinishi uchun ochiq qoldirildi va sud ishni mazmunan ko`rib chiqishni boshladi, deyiladi Axborot xizmati xabarida

Dastlab so`z navbati “UzAuto Motors” AJ vakiliga taqdim etilgan. 

Vakil o`z vajida javobgar - O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi o`tkazilgan tekshirish jarayonida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori noto`g`ri tadbiq etilganligi, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga narxlar shakllantirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori tadbiq etilishi lozimligi, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning narxini kelishish jamiyatning Kuzatuv kengashi vakolatiga kirishi to`g`risidagi vajlar bildirib o`tildi.

Shuningdek, arizachi vakili tomonidan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo`zg`atish va ularni ko`rib chiqish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 18-bandi talablari buzilgan holda qaror qabul qilinganligi, chunki Maxsus komissiya yig`ilishini o`tkazishni boshqa kunga qoldirish to`g`risidagi iltimosnoma kiritilgan bo`lsada, “UzAuto Motors” AJga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini bildirdi.

Sud javobgar vakili tomonidan arizachining vajlariga nisbatan fikr-mulohazalarini tinglaganidan so`ng, mazkur vajlarga nisbatan qo`shimcha hujjatlarni taqdim etishi to`g`risida fikr bildirgan va sud muhokamasi taqdim etilgan qo`shimcha dalillarni o`rganish hamda sud majlisini yopiq tarzda o`tkazish uchun kiritilgan iltimosnoma yuzasidan hujjatlarni o`rganish uchun keyinga qoldirgan.

Ma`lum, qilinishicha, keyingi sud majlisi 2020 yil 9 oktyabr kuni soat 11.00 da o`tkaziladi.

Mavzuga oid quyidagi materiallarni o`qib batafsil ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin:

Deputat: Monopolistlarimizning “bezbetlarcha” katta-katta mablag`larga ega bo`layotganligi asablarni tarang qilmoqda

 

Men Siz haqingizda ko`pchilikka ma`lum haqiqatni aytaveraman: Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz — Kusherbaev yana "O`zavtomotors"ga

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga engil avtomobillar narxini oshirilishi bo`yicha deputatlik so`rovi yuborildi

 

«UzAutoMotors» deputat Rasul Kusherbaevning engil avtomobillar narxlarini oshirish bo`yicha aybloviga munosabat bildirdi

 

O`zbekistonda avtomobillar narxlari 3 mln so`mdan 19 mln so`mgacha tushiriladi, martdan boshlab mashina olganlar uchun narxlar qayta hisoblanadi

 

"Yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin?!" Deputat “UzAutoMotors”ning Kusherbaev ustidan arz qilayotgani ortidan achchiq haqiqatlarni aytib tashladi

 

“UZAUTOMOTORS” qaysi avtomobillarni qanchadan qimmat narxda sotganligi ma`lum bo`ldi

 

Bir guruh deputatlar “UZAUTOMOTORS” masalasida korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga deputatlik so`rovi kiritishdi

 

O`zLiDeP nega “O`zavtomotors” ustidan hukumatga emas Raqobat qo`mitasi va Prokuraturaga arz qildi? — Alisher Qodirov

 

“UzAuto Motors” avtomobillar narxlarini tushirmaydi — Rasmiy bayonot

 

    Boshqa yangiliklar